Surxondaryoda 329 mln so‘mlik daraxtlarni kestirgan mas’ulga 2 mln so‘mdan ziyodroq jarima solindi
Jamiyat
−
07 iyul 2021
6439Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev Surxondaryo viloyati Denov tumanida yuzlab daraxt kesib tashlanib, ayrimlari sotuvga qo‘yilganini ma’lum qilgandi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi daraxtlarni kestirgan mas’ul jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Holat Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda “Denov tuman yo‘llardan foydalanish” UKning uchastka bo‘limi boshlig‘i J.F. tomonidan 109 tup qimmatbaho daraxtlarni ruxsatnomasiz kesib tashlangani aniqlangan.
Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uchastka bo‘lim boshlig‘i J.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mas’ul bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya’ni 2 mln 245 ming so‘m miqdorida jarima solingan. O‘simlik dunyosiga 329 million 157 500 so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda jarima va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni udirish choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi