Surxondaryoda 3 marotaba sudlangan erkak xotinini o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
24 yanvar 2023 11157 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida muqaddam 3 marotaba sudlangan erkak turmush o‘rtog‘ini urib o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sherobod tumanida 51 yoshli erkak shar’iy nikohidagi ayolini rashk va mastlik sabab urib o‘ldirib qo‘ygan. Shundan so‘ng, erkakning o‘zi Ichki ishlar organlariga holat bo‘yicha xabar bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol erkakning uchinchi turmush o‘rtog‘i bo‘lib oilaning 8 va 11 yoshdagi farzandlari bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksning 97-moddasi, 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda er xotinini pichoqlab o‘ldirgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025