Surxondaryoda 13 yo‘lovchini olib ketayotgan Damas haydovchisi ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryoda mashina salonida 13 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Damas ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bildirilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanida yo‘l patrul xizmati tomonidan yo‘lda harakatlanib ketayotgan Damas to‘xtatilgan. Natijada 7 kishiga mo‘ljallangan mashina ichida haydovchi bilan hisoblanganda 14 kishi borligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, agentlikning ma’lum qilishicha, mashina haydovchisining haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan. 

“Qoidabuzar haydovchiga nisbatan tegishli hujjat rasmiylashtirilib, amaldagi qonunchilik doirasida chora ko‘rildi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 176 prim 3-moddasiga ko‘ra, avtomobilda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari (2 million 380 ming so‘m) miqdorida, mansabdor shaxslarga esa o‘ttiz baravari (10 million 200 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo haydovchi jarima Damas yo'lovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing