Surxondaryoda 13 yoshli qiz YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Matiz 13 yoshli qizni urib yubordi. Bu haqda viloyat YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 11 sentyabr kuni soat taxminan 08:45 larda tumandagi Gazarak-Tortuli yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanayotgan Matiz yo‘lni kesib o‘tayotgan 2008 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Shundan so‘ng, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. YTH oqibatida qiz og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Haydovchi va yo‘lovchi ham shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, bu yerda harakat tezligi soatiga 70 kilometr bo‘lishi kerak. 5.22 va 5.23 yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Ammo, YTH sodir bo‘lgan hududda yo‘l yotiq chiziqchasi bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing