Surxondaryoda haydovchisi uxlab qolgan Nexia YTHga uchradi. Bir kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Nexia YTHga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH M 39 xalqaro avtomobil yo‘lining Sherobod tumanidan o‘tuvchi 1401-kilometrida yuz bergan. Nexia haydovchisi Termiz shahri tomon harakatlanib ketayotganda uxlab qolishi oqibatida dastlab yo‘l chetidagi beton to‘siqqa, so‘ng simyog‘ochga urilib to‘xtagan.

Oqibatda mashinaning old o‘rindig‘ida ketayotgan yo‘lovchi olgan tan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing