Surxondaryoda haydovchi mast 2 piyodani urib yubordi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro yuk mashinasini boshqarib kelayotib, 2 kishini urib yubordi. Oqibatda 1 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, voqea kecha, 5 may kuni soat 15:30 larda Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan. Mazkur tumanda yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro avtomashinasini mahalliy yo‘lining 6 km, “Kelajak sari” mahallasi hududida boshqarib kelib, mast holda harakatlanib yo‘lning o‘ngdan chapga kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodalarni turtib yuborgan. Oqibatda fuqaro M.Q. va Z.T.lar tan jarohati olib tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Shifoxonada 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Q. olgan og‘ir tan jarohati sababli vafot etgan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing