Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
26 dekabr 2022
27338Bugun, 26 dekabr kuni lavozimini tark etgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning o‘rniga yangi tayinlov amalga oshirildi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident farmoni bilan Ulug‘bek Qosimov Berdiqobilovich Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Tayinlov bugun, 26 dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Qosimov hozirga qadar Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Denov tumanlari hokimi, Surxondaryo va Farg‘ona viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi