Surxondaryo hokimining o‘rinbosarlarini siylash to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilindi

Jamiyat

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘rinbosarlari hamda tuman hokimlarini jami 661 mln so‘m bilan taqdirlash to‘g‘risida farmoyish chiqargani xabar qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgan ushbu farmoyish bekor qilingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida qabul qilingan 2025 yil 20 yanvardagi 12-8-0-F/25-sonli farmoyish qayta ko‘rib chiqilib, bekor qilingan.

“Mablag‘lar “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga yo‘naltirilishi belgilanmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov o‘z sektorini “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasi g‘olibi, deb e’lon qilgani va sektor rahbari sifatida mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan hisobidan o‘zini o‘zi taqdirlab, 61 mln 875 ming so‘m ajratgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Ulug'bek Qosimov farmoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing