Telegram
Birinchi biling!
3-sahifa
−
15 yanvar
13489Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda bir qator muammolar yuzasidan kechki muhokama yig‘ilishini o‘tkazgan.
Mazkur yig‘ilishda hokim mas’ullarning muammolarni hal etishdagi faoliyati qoniqarsiz ekanini ta’kidlab o‘tgan.Jumladan, birinchi navbatda aholiga gaz yetkazib berish lozimligi belgilangan bo‘lsada, Termiz shahri va Sherobod tumanida umumiy ovqatlanish shoxobchalari, hammom va boshqa tarmoqdan uzilishi kerak bo‘lgan ob’ektlar tabiiy gazdan foydalanib kelgan.
Ushbu yig‘ilishda faoliyatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Termiz shahar va Sherobod tumani gaz ta’minoti bo‘limi rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
E’tiborlisi, viloyat hokimi ushbu yig‘ilishni kechqurun o‘tkazgan. Buni hokimlik matbuot xizmati ushbu yig‘ilish bo‘yicha ma’lumotlarni tungi soat 2:04 da joylashtirganidan ham bilish mumkin.
LiveBarchasi