“Surxon” klubining rahbarlari va kaltaklangan futbolchilari jazolandi

Sport

image

Avvalroq, “Surxon” futbol klubining ma’muriy boshqaruv ofisiga futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev tashrif buyurgani, klub ofisida klubning ayrim xodimlari va mazkur futbolchilar o‘rtasida janjal yuz bergani haqida xabar berilgandi.

Ushbu vaziyat bo‘yicha bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va mas’ul mutaxassislari ishtirokida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralaydi. Mazkur shaxslarning mas’uliyatsizligi va etika normalariga rioya qilmasligi o‘zbek futboli imijiga putur yetkazmoqda”, deyiladi O‘FA xabarida.

Ayni vaqtda ushbu holat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi ham tayinlangan.

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O‘FA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha futbol klublari rahbariyatiga o‘z jamoalarida qat’iy intizomni saqlashni va har qanday vaziyatda ham etika normalariga rioya qilishni tavsiya etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing