Suriyaning qaytishi bo‘yicha yakdillik yo‘q – ADL Bosh kotibi

Olam

image

Bugun, 11 fevral kuni Arab davlatlari ligasi (ADL) Suriyaning tashkilotga a’zoligini tiklash yuzasidan umumiy rozilikka erishilmaganini ma’lum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Suriya 2011 yilda fuqarolar urushining boshlanishida namoyishchilarga nisbatan qo‘llangan xunrezliklar ortidan tashkilotdan chiqarilgandi.

AQSHning ittifoqchilari bo‘lgan Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ko‘p yillar davomida Bashar Asad muxolifatini qo‘llab-quvvatlab keldi. Biroq rasmiy Damashq harbiy-muxolifatni Rossiya va Eron ko‘magida bir qadar tiyib turdi.

Asadga jiddiy diplomatik turtki berish, Eron va Turkiyaning "arab, suriya ishlari"da ta’sirini kamaytirish maqsadida BAA Damashqda yana elchixonasini ochdi. Biroq Arab davlatlari ligasi Bosh kotibi Ahmad Abul G‘ayt Livan poytaxti Bayrutga tashrifi vaqtida hamon Suriyani Ligaga qaytarish yuzasidan yakdil fikr yo‘qligini qayd etgan.

ADL joriy yilning mart oyi oxirida Tunisda oliy darajada yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Suriyaning Ligaga qaytarilishi haqidagi savolga javoban Abul G‘ayt ADL a’zo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari sammitgacha ikkita uchrashuv o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi.

"Masala vaqtda emas, xohishda. Gap davlatlar o‘rtasidagi kelishuvga borib taqaladi. Suriya qaytishi uchun yakdillik kerak", degan Bosh kotib Abul G‘ani.


Maqola muallifi

Teglar

Arab davlatlari ligasi Suriya

Baholaganlar

22

Reyting

1.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing