Suriyalik isyonchilar Halab shahrini egalladi

Olam

image

Suriyadagi isyonchi kuchlar mamlakatning ikkinchi yirik shahri Halabdagi bir nechta hududlarni o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.

Suriyaning “Hayat Tahrir ash-Shom” (HTSH) radikal guruhi jangarilari boshchiligidagi jangchilar hukumat nazoratidagi hududlarga hujum boshlagan va Halab shahriga yetib kelgan.

Suriya inson huquqlari monitoringi markazi isyonchilar shaharning yarmidan ko‘pini nazorat qilganini da’vo qilmoqda. Suriya armiyasi Idlib va Halabning qishloqlari isyonchilar tomonidan bosib olingan joylar ustidan nazoratni tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Hukumat, shuningdek, qo‘shimcha kuchlar Halab shahriga yetib kelganini va isyonchilarni quvib chiqarayotganini aytmoqda.

“Reuters”ga ko‘ra, Moskva Damashqqa isyonchilarni to‘xtatish uchun qo‘shimcha harbiy yordam va’da qilgan. Ma’lum qilinishicha, keyingi 72 soat ichida yangi qurollar kela boshlaydi.

Turkiya razvedkasi bilan bog‘liq manbalarning ta’kidlashicha, isyonchilarni qo‘llab-quvvatlovchi Anqara hujumga yashil chiroq yoqqan. Biroq Turkiya TIV vakili Onju Kejeli Turkiya mintaqadagi beqarorlikdan qochishga intilayotganini, isyonchilar hujumlari esa eskalatsiya shartnomasini buzayotganini aytgan.

Kreml tarafdorlariga ko‘ra, 29 noyabr kuni kechqurun Halab deyarli butunlay HTSH nazorati ostiga o‘tgan. Jangarilar allaqachon shahar markazida g‘alabani nishonlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning “Hayat Tahrir ash-Shom” (HTSH) radikal guruhi jangarilari va ularning ittifoqchilari Suriya armiyasi bilan olib borilgan shiddatli janglarda mamlakat shimoli-g‘arbidagi o‘nlab shahar va qishloqlarni egallab, Halab shahriga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Suriya Halab HTSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing