Suriyadagi tinchlik Turkiya-Rossiya munosabatlariga bog‘liq – Erdo‘g‘an
Olam
−
29 Sentabr 2021
4875Rossiya va Turkiyaning Suriya bo‘yicha birgalikdagi qadamlari katta ahamiyatga ega, bu mamlakatdagi tinchlik ikki davlat munosabatlariga bog‘liq. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
“Bu mintaqadagi (Suriya) tinchlik Turkiya-Rossiya munosabatlariga bog‘liq”, degan Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya muammosi bo‘yicha Rossiya va Turkiyaning birgalikdagi qadamlari "katta ahamiyatga ega".
Avvalroq, Erdo‘g‘an Anqara AQSH qo‘shinlarining Afg‘oniston kabi Suriya va Iroqdan ham olib chiqilishini xohlashini ma’lum qilgandi. U Turkiya Suriyadagi vaziyatni tiklash maqsadida malakatda ekanini aytib, AQSH, Rossiya, Turkiya Suriya va Iroqda tinchlik hamda barqarorlikka erishish uchun birgalikda harakat qilishiga umid bildirgan.
Ma’lumot uchun, bugun, 29 sentyabr kuni Rossiya va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazdi. Ikki Prezident uchrashuvda Suriyadagi vaziyat va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.
LiveBarchasi