Suriyadagi terroristik tashkilot a’zosi O‘zbekistonga olib kelindi (video)

3-sahifa

image

Suriyadagi terroristik tashkilot faoliyatida qatnashgan 24 yoshli yigit O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi fuqaro mavsumiy ishlash maqsadida Turkiyaning Istanbul shahriga borib, tikuvchilik sexida ishlagan. O‘sha davrda u internet orqali “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkilot sobiq yetakchisi “Abu Saloh”ning ma’ruzalarini muntazam tinglab yurgan va unda ekstremistik qarashlar shakllangan.

So‘ngra u “Tavhid va jihod katibasi” jangarilari safiga qo‘shilish maqsadida internet orqali mazkur tashkilotning 2 nafar a’zosi bilan tanishib, ularning yo‘l-yo‘riqlari asosida 2021 yilning yanvar oyida Turkiyadan Suriyaga borgan.

U yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti joylashgan hududni qo‘riqlash bilan shug‘ullangan.

2022 yilning iyun oyida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan u O‘zbekistonga olib kelingan hamda Tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining hukmiga asosan mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 155-2 moddasining 1-qismi va 244-2 moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing