Suriyadagi teraktda Eron elchixonasi xodimi halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 15 dekabr kuni noma’lum terrorchilar guruhi Suriya poytaxti Damashqda Eron elchixonasining texnik xodimi mashinasiga kutilmagan hujum uyushtirdi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bagay ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, terrorchilar o‘t ochgan mashina ichida Damashqdagi Eron elchixonasining mahalliy xodimi Dovud Bitafaf bo‘lgan. U hujum oqibatida vafot etgan.

“15 dekabr, yakshanba kuni terrorchilar Eronning Damashqdagi elchixonasi xodimi Sayid Dovud Bitafafning mashinasiga qarata o‘t ochdi va u halok bo‘ldi”, degan Ismoil Bagay o‘z bayonotida.

Bagayning rasmiy vakili marhumning oila a’zolari va butun Eron xalqiga hamdardlik bildirgan, shuningdek, ushbu jinoiy harakatni keskin qoralagan.

Eronlik diplomatlarga ko‘ra, Suriya o‘tish davri hukumati ushbu jinoyat uchun aybdorlarni aniqlash va jazolash uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining harbiy maslahatchilari qo‘mondoni, general-mayor Kiyamurs Hoshimiy halok bo‘lgandi. Eronlik yuqori martabali harbiy xizmatchi Suriyaning Halab shahri hududida bo‘lgan. “Fars” axborot agentligiga ko‘ra, u ushbu shaharda yollangan terrorchilar hujumi oqibatida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya terakt elchixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing