Suriyadagi AQSH harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
Olam
−
23 Oktabr 2022 11440 1 daqiqa
Bugun, 23 oktyabr kuni Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidagi Omar neft koni yaqinidagi AQSH harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi. Bu haqda Iroqning “Al Alam” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, bazaga kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan dron hujum qilgan. Hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmagan. AQSH ham voqeaga izoh bermagan.
Raketa hujumi oqibatida beshta portlash sodir bo‘lgan. Bu holat yong‘inga olib kelgan.
Shuningdek, jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi noma’lum. Otishma Iroq bilan chegaradosh hududdan amalga oshirilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, G‘arb koalitsiyasining vertolyotlari bunga javoban El-Mayadin va Zeyban yaqinidagi shiya otryadlari pozitsiyalariga zarba bergan.
Ma’lumot uchun, Omar konidagi AQSH bazasi joriy yilning 18 sentyabr kuni xam o‘qqa tutilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr