Suriyada zilzila sababli 237 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Suriyada sodir bo‘lgan zilzila tufayli 237 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yer silkinishi Aleppo, Latakiya, Tartus, Halab va Hama viloyatlariga jiddiy talafot yetkazgan.

Zilzila sodir bo‘lgan viloyatlarda o‘nlab odamlar qulagan binolar ostida qolmoqda. Vayronalar ostidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lingan yaradorlar soni 400 nafarga yetdi.

Mutaxassislar zilzila epimarkazi Suriyada emas, Turkiyada, mamlakat janubidagi Iskenderun viloyatida bo‘lganini aytishmoqda. Suriya Milliy seysmologiya markazi rahbari Rayed Ahmadning aytishicha, u yerdagi silkinishlar 7,7 ballga yetgan, so‘ng ikki davlat chegarasida 6,4 ball va undan kuchsizroq yer silkinishlari qayd etilgan. Ahmad ushbu zilzila 1995 yildan beri eng kuchli bo‘lganini ta’kidladi. 

Zilzila markazi Turkiyada bo‘lsada, Suriyada qurbonlarning soni ko‘pligini sifatsiz qurilishlar bilan bog‘lashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lishi oqibatida 7 viloyatda 76 kishi hayotdan ko‘z yumib, 440 kishi jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing