Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
19 noyabr 2022
11950O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan, 1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan 2 nafar fuqaro xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar xorijiy davlatlarda mavsumiy ishlab yurgan vaqtda Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan va ularning ta’sirida 2021 yilning avgust oyida Suriya Arab Respublikasi hududiga o‘tib, “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.
Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida ushbu shaxslar xorijiy davlatlarning birida qo‘lga olinib, mamlakatga olib kelingan.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi