Suriyada yana bolalar o‘lmoqda. So‘nggi oy “raqam”lari ma’lum qilindi

Olam

image

Suriyaning Idlib shahridagi deeskalatsiya zonasida 2020 yilning 12 yanvaridan boshlab bugungi kunga qadar Bashar Asad kuchlari hamda Rossiya harbiy-kosmik kuchlari tomonidan qilingan otishma va aviazarbalar tomonidan halok bo‘lgan tinch aholi vakillari soni 183 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari ayol va 52 nafari yosh bola.  

Bu haqida 8 fevral kuni e’lon qilingan Suriya inson huquqlari tarmog‘i (SNHR) hisobotida ma’lum qilingan. 

Suriyaning shimoli-g‘arbidagi aholi punktlariga Rossiya aviatsiyasi tomonidan berilgan zarbalar oqibatida 115 kishi, jumladan, 40 nafar bola va 23 ayol nobud bo‘lgan.

SNHR ma’lumotlariga ko‘ra, deeskalatsiya zonasiga berilgan artilleriya va havo zarbalari natijasida 5 ta tibbiyot muassasasi, 14 ta maktab va 13 ta fuqaro mudofasi punkti zarar ko‘rgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning 17 sentyabr kunidan buyon Suriyaning shimoli-g‘arbida joylashgan ushbu hududda 1800 nafardan ziyod tinch aholi vakili halok bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing