Suriyada turklarning dronlari o‘qqa tutildi

Olam

image

Suriya hukumatining zenit qurilmalari Hama shahri atrofidagi turk uchuvchisiz samolyotlariga qattiq o‘q uzdi. Bu haqida voqea joyidagi harbiy manbaga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Bizning zenit qurilmalarimiz turklarning dronlariga qarata o‘t ochdi”, deyiladi manba xabarida.

Suriyaning ushbu qurilmalari shahar ichida ham, atrofida ham o‘rnatilgani ma’lum qilingan. “Havo mudofaasi taxminan 30 daqiqa davom etgan”, deya qo‘shimcha qildi agentlik.

Ma’lumot o‘rnida, Idlibdagi vaziyat 27 fevral kuni "Hayyat Tahrir ash-Shom" terrorchilari Suriya armiyasi pozitsiyalariga keng ko‘lamli hujum uyushtirganligi sababli keskinlashdi. Hukumat qo‘shinlari javob zarbalarini berishdi. Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, jangarilar bilan bir qatorda, u yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turk harbiylari ham bombalar ostida qolgan.

Hodisa oqibatida 36 nafar turk harbiysi halok bo‘ldi, 30 dan ziyodi yaralandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing