Suriyada avtobusga qilingan hujumda 9 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 3 yanvar kuni Suriyaning Xama viloyatidagi “Salomiya-Atraya” magistral yo‘li bo‘ylab ketayotgan uchta avtobusga terakt uyushtirilgan. Oqibatda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan. Bu haqda gubernator Tarek Kreishati “Syria” telekanaliga gapirib berdi.

“Suriya armiyasining askarlari hozir avtomagistral ustidan nazoratni tikladi va transport vositalarining xavfsiz o‘tishini ta’minladilar, ushbu qurolli reyd oqibatida qurbon bo‘lganlar soni hozirgacha to‘qqiz kishini tashkil qilmoqda. Voqea joyiga yettita tez yordam mashinasi borib, yaradorlarni Xama va Salomiya kasalxonalariga olib bordi”, deydi gubernator.

Harbiy manbalarga asoslanib xabar berilishicha, qurbonlarning barchasi tinch aholi vakillaridir. Unga ko‘ra, “Islomiy davlat” ekstremistik guruhi tarkibiga kiruvchi ushbu hududda faoliyat yuritayotgan qurolli to‘da jangovar harakatlarni boshlagan. Voqea joyiga etib kelgan suriyalik askarlar jangarilarni ta’qib qilmoqda. Guvohlarning ta’kidlashicha, Atraya hududida askarlar va terrorchilar o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Terakt

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing