Suriya yangi valyutani muomalaga kiritmoqda

Olam

image

Suriya Markaziy banki raisi Abdulqodir al-Hasriya 2026 yil 1 yanvardan boshlab, mamlakatda yangi Suriya valyutasi muomalaga chiqarilishini e’lon qildi. Bu haqda bank raisiga tayanib, SANA xabar berdi.

Abdulqodir al-Hasriya ijtimoiy tarmoqdagi xabarida 2025 yilga oid 293-sonli farmon e’lon qilinganini va unga muvofiq yangi valyuta muomalaga kiritilishini ma’lum qilgan. Al-Hasriyaning ta’kidlashicha, bu muhim milliy voqea bo‘lib, yangi iqtisodiy va valyuta davrining boshlanishini anglatadi.

Markaziy bank rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi Suriya valyutasi ozodlikdan keyingi moliyaviy mustaqillik ramzi bo‘lib, Markaziy bank rahbarligida barcha tomonlar hamkorligida barpo etiladigan yangi bosqichni boshlab beradi.

“Bu ozodlikdan keyin erishilgan yutuqlarga qo‘shiladigan milliy muvaffaqiyat bo‘ladi va barqarorlik hamda iqtisodiy tiklanish yo‘lidagi qat’iy qadamdir”, degan u. 

Yangi valyuta bilan bog‘liq batafsil ma’lumotlar 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada milliy valyuta modernizatsiya qilinib, tasvirlar va ramzlar bo‘lmagan oltita yangi turdagi banknotlar seriyasi muomalaga chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya valyuta Abdulqodir al-Hasriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing