Suriya Isroilning raketa zarbasini to‘xtatganini ma’lum qildi
Olam
−
02 iyul 2023 8766 2 daqiqa
Bugun, 2 iyul kuni Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari mamlakatning markaziy qismlari bo‘ylab Isroil tomonidan berilgan raketa zarbasini to‘xtatdi va raketalarning aksariyat qismini urib tushirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Armiya bayonotida aytilishicha, Livan poytaxti Bayrutning bir qismi ustidan uchib o‘tgan raketalar Homs shahri yaqinida qulab, faqat moddiy zarar yetkazgan.
Isroil harbiy voizi esa Isroil harbiy samolyotlari Suriya havo mudofaa batareyasini nishonga olgani, undan Isroil tomon zenit raketasi uchirilganini aytgan.
“Harbiy samolyotlar hududdagi boshqa nishonlarga ham hujum qildi, Suriya raketasi havoda portlagani oqibatida qurbonlar haqida xabar berilmadi”, degan Isroil armiyasining matbuot kotibi Avichay Adrayeye.
Aytish joizki, Isroil so‘nggi oylarda Suriya aeroportlari va havo bazalariga zarbalarni kuchaytirgan. Mazkur hujumlar Eronning Suriya va Livandagi ittifoqchilariga, jumladan, Livandagi “Hizbulloh”ga qurol yetkazib berish uchun havo ta’minoti liniyalaridan tobora ko‘proq foydalanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida amalga oshirilgani aytilgan.
Isroil harbiy ekspertlarining aytishicha, Isroil zarbalari Eronning Suriyada kuchayib borayotgan mustahkamlanishini sekinlashtirish maqsadida ko‘p vaqtdan beri davom etayotgan past intensivlikdagi mojaroning kuchayishining bir qismidir.
Ma’lumot uchun, 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushida Prezident Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlay boshlaganidan beri Tehronning Suriyadagi ta’siri kuchaygan. Eron bilan ittifoqchi jangchilar, jumladan, “Hizbulloh” Suriyaning sharqiy, janubiy va shimoli-g‘arbiy hududlarida hamda poytaxt atrofidagi bir qancha chekka hududlarda hukmronlik qilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr