Suriya Isroilni raketa hujumlarining oqibatlaridan ogohlantirdi

Olam

image

Suriya Tashqi ishlar vazirligi Isroil harbiy-havo kuchlari tomonidan Damashqning chekkasida raketa zarbalari va yer osti nishonlariga qilingan hujumni qoralaydi. Bu haqda SANA agentligi xabar berganidek, Respublika tashqi ishlar vazirligining BMT Xavfsizlik Kengashiga yuborgan xabarida aytilgan.

“Suriya Isroilni mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi tinimsiz tajovuzkor harakatlarining xavfli oqibatlari to‘g‘risida ogohlantiradi”, deyiladi hujjatda.

Damashq Isroil hujumlari BMT Xavfsizlik Kengashining 1974 yildagi 350-sonli qarori va Golan balandliklarida Suriya va Isroil qo‘shinlari to‘g‘risidagi bitimni buzayotganiga e’tibor qaratmoqda.

“Isroil terroristik guruhlarni zarbalari bilan Suriya qo‘shinlarining muqarrar mag‘lubiyatidan qutqara olmaydi”, deyiladi bayonotda. 

Suriya Tashqi ishlar vazirligi BMT Xavfsizlik Kengashini Yaqin Sharqda tinchlikni saqlash uchun o‘z mas’uliyatini anglashga va Isroil hujumlariga chek qo‘yadigan qat’iy choralarni ko‘rishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yiling 4 fevral kuni kechqurun Suriya janubiga zarba berdi.

Undan oldin ham Isroil havo kuchlari Suriyaning Dayr-az-Zor va Bu–Kamol shaharlaridagi Eronparast militsiya infratuzilmasiga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing