Suratga olish vaqtida 2 kishini otib qo‘ygan aktyor “qilmishiga” izoh berdi

Madaniyat-san’at

image

“Rust” (“Zang”) filmini suratga olish jarayonida tasodifan operator Galina Xatchins va rejissyor Joel Sousni otib qo‘ygan Gollivud aktyori Alek Bolduin falokatdan so‘ng, ilk bor ijtimoiy tarmoq orqali voqeaga aloqadar izoh qoldirdi

“Galina Xatchins – ona, rafiqa va aziz hamkasbimizning hayotiga zomin bo‘lgan fojiali voqea tufayli mening shok holatim va qayg‘uimni tasvirlashga so‘z yo‘q”, deb yozdi aktyor o‘z Tvitter sahifasida.

Aktyor, shuningdek, politsiya bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgan. 

“Bu fojia qanday sodir bo‘lganligini aniqlash uchun politsiya tergovi bilan to‘liq hamkorlik qilyapman. Uning (vafot etgan operator nazarda tutilgan – tahr.) eri bilan aloqada bo‘lib turibman va unga hamda uning oilasiga o‘z yordamimni taklif qilmoqdaman”, deya qo‘shimcha qildi aktyor.

Eslatib o‘tamiz, filmda jinoyatchi rolini o‘ynayotgan Bolduin epizodda bo‘sh patronli to‘pponchadan o‘qqa tutishi kerak bo‘lgan, biroq yakunda u o‘qlangan bo‘lib chiqqan. Falokat oqibatida 42 yoshli operator Galina Xatchins halok bo‘lgan, 48 yoshli rejisser Joel Sous esa yaralangan. Aktyorga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan, u hozir ozodlikda. Surishtiruv ishlari davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1513

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing