Superkubokni yutish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz – Benzema 

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi bugun, 10 avgust kuni UEFA Superkubogi uchun “Ayntraxt”ga qarshi uchrashuvda kubokni Madridga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bu haqda “los blankos” sardori Karim Benzemaning so‘zlariga tayanib, UEFA matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, fransiyalik futbolchi yoshi kattalashib borayotgani uning faoliyatiga ta’sir o‘tkazolmasligini ham ta’kidlagan.

“Yosh men uchun mavjud emas. Men hali yoshman. Asosiysi har tomonlama maydonda ham, undan tashqarida ham o‘z ustimizda qanchalik ko‘p va qattiq mehnat qilishimiz. Men o‘zimizga yaxshi g‘amxo‘rlik qilaman. “Real Madrid”ning joriy mavsumdagi tarkibiga qarayman va juda yaxshi jamoani ko‘raman. O‘tgan yili biz bosib o‘tgan yo‘l oson emas edi. Har bir uchrashuvda kurashish talab qilingan. Qo‘lga kiritgan yutuqlarimizni faqatgina orzu qilish mumkin. Superkubok o‘yini ham juda mas’uliyatli, ammo biz tayyormiz va bu sovrinni Bernabeuga qaytarish uchun hamma narsani qilamiz”, degan “Real Madrid hujumchisi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” – “Ayntraxt” uchrashuvi bugun, 10 avgust kuni Xelsinkidagi (Finlyandiya) “Olimpiyskiy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” “Ayntraxt”

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing