Superkompyuter Yevro-2024'ning yangi favoritini e’lon qildi
Sport
−
08 iyul
4621Yevropa chempionatida chorak final o‘yinlari yakunlandi. Fransiya, Angliya, Ispaniya va Niderlandiya terma jamoalari musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi. Ispaniya terma jamoasi Yevro-2024'da chempion bo‘lish uchun asosiy favorit hisoblanadi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.
Yevro-2024 1/4 finali yakunlanganidan so‘ng, portal qolgan jamoalarning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini tahlil qildi.
Ispaniya jamoasi 32,17 foiz ehtimol bilan g‘alaba qozonish uchun eng katta imkoniyatga ega. Keyingi o‘rinlarda 27,31 foiz bilan fransuzlar, 26,59 foiz bilan inglizlar band etgan. Niderlandiya esa chempion bo‘lish uchun eng past ko‘rsatkichni qayd etgan – 13,93 foiz.
Fransiya hal qiluvchi o‘yin yo‘llanmasi uchun Ispaniyaga, Angliya esa Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Yevro-2024'ning yarim final bahslari 10-11 iyul kunlari, final bahsi esa 14 iyul kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi