Superkompyuter JCH g‘olibligi uchun taxminlarni yangiladi
Sport
−
12 iyul 24270 1 daqiqa
Nufuzli “Opta” analitika kompaniyasi superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblik uchun asosiy favorit sifatida Fransiya terma jamoasini ko‘rsatmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Yarim finallar oldidan yangilangan prognozga ko‘ra, Fransiyaning chempionlik ehtimoli 33,81 foizga baholangan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniya ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Ispaniyaning bosh sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati 24,16 foiz deb baholangan.
Keyingi o‘rinlarda Angliya (21,97 foiz) va Argentina (20,06 foiz) joylashgan. Jahon chempionatining yarim final bosqichida Fransiya joriy yilning 14 iyul kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. 15 iyul kuni esa Argentina Angliya bilan final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Tarixda ilk bor mundialda 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Turnir 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Live
Barchasi