So‘nggi umid ham puchga chiqdi. Rossiya NATO muzokaralari omadsiz yakunlandi
Olam
−
13 yanvar 2022
11879Rossiyaning AQSH va NATO bilan o‘tkazgan so‘nggi muzokaralari ham muvofaqqiyatsiz yakunlandi.
Muzokalar haqida izoh bergan Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Bryussel va Venada o‘tkazilgan muloqot “pozitiv nyuanslarga” boy o‘tgan bo‘lsa-da Rossiya uchrashuvlardan kattaroq natija kutgan.
Bugun, 13 yanvar kuni Venada Rossiya va NATO davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda Yevropada xavfsizlikni ta’minlash va Moskvaning Ukraina chegarasida qo‘shin to‘plagani kun mavzusi sifatida muhokama qilindi.
G‘arb vakillari Moskvaning Ukraina chegarasidagi xatti-harakatlari ortidan Yevropa xavfsizligiga tahdid tug‘ilishidan xavotirda ekanini ma’lum qilgan. Rossiya Ukrainaga hujum qiladigan bo‘lsa, uni jiddiy oqibatlar kutib turgani haqida ogohlantirilgan.
Moskva Ukrainaga nisbatan ehtimoliy hujumlar haqidagi fikrlarni inkor qilgan va NATOni mintaqada vaziyatni izdan chiqarganlikda ayblamoqda.
Kreml G‘arbga Sobiq sovet respublikasi hisoblangan Ukrainaning NATO alyansiga a’zo bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik va Ikkinchi Jahon urushidan keyin alyansga a’zo bo‘lgan Markaziy va Sharqiy Yevropadagi SSSR davlatlaridan qo‘shinlarini olib chiqib ketish talabini qo‘ygan.
Ushbu talablarni “amalga oshishi imkonsiz” deya baholayotgan AQSH ham, NATO singari Ukraina chegarasidagi qo‘shinlarini yig‘ishtirish va Yevropada xavfsizlikni ta’minlash borasida Rossiya bilan natijali yechimga erishishdan umidvor ekanini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 yanvar kuni Venada bo‘lib o‘tgan YeXHT doirasidagi muzokaralar xavfsizlik bo‘yicha Moskva tomonidan ilgari surilgan Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi Rossiya-NATO Kengashining uchinchi bosqichi hisoblanadi. Kecha, 12 yanvar kuni Bryusselda o‘tkazilgan uchrashuv muzokaralarning ikkinchi bosqichi edi.
Muzokaralarning birinchi bosqichi 10 yanvar kuni Jenevada Rossiya-AQSH o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi