So‘nggi olti yilda qancha mahkum afv etilgan?
Jamiyat
−
24 iyul 2022
61872017 yildan beri O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan afv etilgan shaxslar soni 5555 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“2017 yildan beri afv etish bilan bog‘liq 21 ta farmon e’lon qilingan. Mazkur farmonlar asosida 5555 nafar jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar afv etilgan”, deyiladi xabarda.
• 2017 yilda – bitta farmon bilan 2700 nafar shaxs;
• 2018 yilda – uchta farmon bilan 621 nafar shaxs;
• 2019 yilda – to‘rtta farmon bilan 771 nafar shaxs;
• 2020 yolda – beshta farmon bilan 616 nafar shaxs;
• 2021 yilda – to‘rtta farmon bilan 637 nafar shaxs;
• 2022 yilda – uchta farmon bilan 203 nafar shaxs afv etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan shaxslar sud tomonidan tayinlangan jazoning uchdan ikki qismini o‘tashsa, Prezidentga afv so‘rab murojaat qilishi mumkin.
LiveBarchasi