So‘nggi beshta bahsda MYU necha marta mag‘lub bo‘lganini bilasizmi?

Tahlil

image

10 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bahslari davom ettirildi.

Kunning markaziy bahsi Manchester shahridagi “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tdi. Chorak finalning eng qiziqarli o‘yini bo‘lishi kutilgan bahsda mezbonlar himoyachisi Lyuk Shou hisobni ochdi. Ammo u bu golni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Natijada, “Manchester Yunayted” o‘z maydonida ispan grandi “Barselona”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv to‘liq kataloniyaliklar tashabbusi ostida yakunlandi. Mezbonlar o‘yin davomida birorta ham golga tortadigan xavfli vaziyat yarata olmadi.

Ingliz klubi raqib darvozasi tomon 7 ta zarba bergan bo‘lsa ham, ularning birortasi Mark-Andre Ter Shtegen qo‘riqlagan darvozaga aniq yetib bormadi. 

Etiborlisi, bunday holat so‘nggi bor MYU bilan 2005 yilda “Milan”ga qarshi bahsda sodir bo‘lgan edi. “Barselona” esa mazkur bahsda 7 ta zarba berdi, shundan 3 tasi aniq bo‘ldi.

Ushbu muvofaqqiyat “Barselona” uchun Yevrokuboklar doirasida ilk bor “Manchester Yunayted” ustidan safarda qozonilgan g‘alaba sifatida tarixga kirdi. Ungacha “Barselona” “Old Trafford”da 2 ta o‘yinda durang qayd etib, yana 2 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan edi.

Safarda kechgan o‘yindagi yagona golning Lyuk Shou hisobiga avtogol sifatida yozilishi yana bir rekordning yangilanishiga olib keldi. Bu YeCHLda kataloniyaliklar foydasiga ishlagan 14-avtogol sifatida tarixga muhrlandi. Avvalroq bunday natijaga Madridning “Real” va Londonning “Chelsi” klublari erishgan edi.

Bundan tashqari, “qizil iblislar” oxirgi o‘tkazilgan 5ta uchrashuvning 4tasida mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.  Dastlab, “Manchester Yunayted” APL doirasida 10 mart kuni o‘tkazilgan “Arsenal”ga qarshi bahsda, safarda 2:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Shundan keyin jamoa Angliya Kubogi va APLda “Vulverxempton”ga ikki marta bir xil 2:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. “Barselona”ga uchralgan kechagi mag‘lubiyat esa MYU uchun to‘rtinchisi bo‘ldi.

Manchesterliklar oxirgi marta 30 mart kuni APLning 32 turida “Old Trafford”da Londoning “Uotford” jamoasini mag‘lub etgan edi. Ushanda yakuniy hisob  “qizil iblislar” foydasiga 2:1 ko‘rinishini hosil qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Yunayted EChL

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing