So‘nggi besh yilda qancha aholi “svet”li bo‘lgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

So‘nggi besh yilda 4,2 milliondan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2017-2021 yillar davomida uzunligi 40 600 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 12 900 ta transformator punktlari yangilangan.

Buning natijasida respublika bo‘yicha 7,3 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inidagi 4,2 milliondan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilangan.

"Joriy yilda uzunligi 15 000 km bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari va 4 000 ta transformator punktlari yangilanadi", deya qushimcha qilgan vazirlik.

Avvlroq, O‘zbekiston va Afg‘oniston 2022 yilda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha 100 million dollarlik shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing