So‘nggi 3 oydagi xalqaro transchegaraviy o‘tkazmalar 1,42 mlrd dollarga yetdi
Jamiyat
−
15 aprel 2021 2844 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 1,42 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Banki xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 mln. dollarga yoki 31 foizga oshdi.
Ma’lum qilinishicha, chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori 353 mln dollarga yetgan.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,06 mlrd dollarga yetdi.
Diyora Abdurahmonova
Live
Barchasi