So‘nggi 10 yillikning eng katta tahdidiga duch kelyapmiz – NATO va YeI

Olam

image

Ukrainadagi mojaro fonida NATO va YeI so‘nggi o‘n yilliklardagi Yevro-Atlantika xavfsizligi uchun eng jiddiy tahdidga duch kelmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqi va NATO hamkorligi deklaratsiyasida aytilgan. 

“Bugun biz Yevro-Atlantika xavfsizligi uchun o‘nlab yillardagi eng jiddiy tahdidga duch kelyapmiz”, deyiladi hujjatda. 

Yevropa Ittifoqi va NATO Ukrainadagi mojaro “Yevropa va global xavfsizlik va barqarorlikka putur yetkazadi, oziq-ovqat va energiya inqirozini kuchaytiradi”, deb ta’kidlagan. 

Hujjatda tomonlar Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralab, Moskvani qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirgan. Shu munosabat bilan NATO va Yevropa Ittifoqi ham Kiyev bilan birdamlik va Ukrainaning “o‘zini himoya qilish va o‘z taqdirini tanlash” huquqini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni Yevropa Ittifoqi va NATO ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi yangi deklaratsiyani imzoladi va uni Ukrainadagi mojaro fonida “yangi bosqichga” ko‘tardi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing