Sunak va Erdo‘g‘an Ukraina aholisini qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldi

Olam

image

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu qishda Ukraina aholisini qo‘llab-quvvatlashi zarurligi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda rahbarlar suhbati yakunlari bo‘yicha tarqatilgan ma’lumotlarga tayanib TASS xabar berdi.

“Bosh vazir yaqinda Kiyevga qilgan safari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga, Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga tez kirishini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi hamda Madriddagi NATO sammitida ma’qullangan mazkur rejani Turkiya ham qo‘llab-quvvatlashini olqishladi”, deyiladi tarqatilgan xabarlarda.

Ta’kidlanishicha, har ikki lider “Buyuk Britaniya va Turkiya o‘rtasidagi kuchli sheriklik hamda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash”ni olqishlagan va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo to‘siqlarini olib tashlash, shuningdek, sarmoyani oshirishga chaqirgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak 19 noyabr kuni Kiyevga tashrif bilan borgani haqida xabar berilgan edi. Tashrif davomida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazilib, xavfsizlik masalalari muhokama qilingandi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing