Zelenskaya rossiyalik harbiylarni jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha javobgarlikka tortishga chaqirdi
Olam
−
29 noyabr 2022 8074 1 daqiqa
Rossiya askarlari Ukrainadagi Rossiya urushi paytida ukrainalik ayollarni zo‘rlash va boshqa jinsiy zo‘ravonlik harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Bu haqda Ukraina birinchi xonimi Yelena Zelenskaya mojarolar vaqtida jinsiy zo‘ravonlikning oldini olishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Londondagi sammitda so‘zlagan Zelenskaya Ukrainadagi uzoq davom etgan urushda jinsiy zo‘ravonlik “tizimli va ochiq” sodir etilganini aytdi. Telefon yozuvlarida rus askarlari uydagi oilalari bilan zo‘rlash haqida ochiqchasiga muhokama qilishayotgani ko‘rsatilgan.
“Jinsiy zo‘ravonlik kimdandir ustunligingizni isbotlashning eng shafqatsiz usulidir. Urush paytida bunday zo‘ravonlik qurbonlari guvohlik berishlari qiyin, chunki hech kim o‘zini xavfsiz his qilmaydi”, deydi u.
Ayni vaqtda Yelena Zelenskaya Buyuk Britaniya poytaxti Londonda bo‘lib turibdi.
“Bu ular qurol sifatida ishlatadigan yana bir vosita. Bu urush va mojaroda ularning arsenalidagi yana bir quroldir. Shuning uchun ular undan tizimli va ochiq foydalanishadi”, deya qo‘shimcha qildi u.
Keyinroq Zelenskaya Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakning Dauning-stritdagi qarorgohiga tashrif buyurdi. Uni Sunakning rafiqasi Akshata Merti kutib oldi va xonimlar fotograflar oldida qarorgoh tashqarisidagi archani bezatdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr