Sunak lavozimga kelmasidan o‘zidan oldingilarning xatosini aytishga tushdi

Olam

image

Rishi Sunak Buyuk Britaniya Bosh vaziri sifatidagi birinchi murojaatida, avvalgi hukumat ba’zi xatolarga yo‘l qo‘yganini va ularni tuzatish kerakligini aytdi. 

“Yomon maqsadlar ko‘zlanmagan bo‘lsa-da, hukumat boshqaruvida bazi xatolarga yo‘l qo‘yildi. Men ushbu kamchilliklarni tuzatish uchun partiya rahbari va Bosh vazir etib saylandim va bu uchun darhol harakatni boshlayman”, deydi u Britaniya telekanallari tomonidan efirga uzatilgan xalqqa murojaatida.

Nashrning yozishicha, u o‘zidan oldingi rahbar Liz Trassga o‘z minnatdorligini izhor qilib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yaxshilash istagini bildirdi.

Shuningdek, u mamlakatni so‘z bilan emas, amal bilan birlashtirishga va’da berib, hukmron Konservativ partiya manifestiga amal qilishini va aholi ishonchini oqlashga harakat qilishini aytdi.

Ma’lumot o‘rnida, Sunak qirol Charlz III tomonidan tayinlangan birinchi,  Britaniyaning joriy yildagi uchinchi Bosh vaziri bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Boris Jonson Bosh vazirlikdan ketish niyati borligini ma’lum qilgan edi. 5 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib bo‘lgan.

Temur Jumayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

565

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing