So‘m yana dollarga nisbatan qadrsizlandi
Jamiyat
−
01 fevral 2021 18497 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 2 fevraldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 540 so‘m 44 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 21 so‘m 45 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 791 so‘m 88 tiyinga baholanib, 6 so‘m 58 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 53 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 139 so‘m 19 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr