“Sulton Sulaymon”dan keyin “Rustam posho” ham qamaldi

Madaniyat-san’at

image

Turkiyalik aktyor O‘zan Guven sobiq sevgilisi Deniz Bulutsuzga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgani bo‘yicha sudning yakuniy hukmi e’lon qilindi. Istanbul Adliya saroyining 58-jinoiy sudida bo‘lib o‘tgan oxirgi majlisda sud Ozan Guvenni “qasddan tan jarohati yetkazish” aybi bilan 2 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi. Bu haqda “Milliyet” xabar berdi.

Qayd etilishicha, sud Ozan Guvenga qo‘yilgan “erkinlikdan mahrum qilish” va “haqorat qilish” ayblovlarini olib tashlagan. Sudda jabrlanuvchi sifatida ishtirok etgan Deniz Bulutsuz esa unga qo‘yilgan “yengil tan jarohati yetkazish” moddasi bo‘yicha aybsiz deb topilgan.

Ish tafsilotlariga ko‘ra, 2020 yil 13 iyun kuni Ozan Guvenning uyida janjal sodir bo‘lgan va Guven sobiq sevgilisini stol chirog‘i va qo‘llari bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu holatda stol chirog‘i qurol sifatida baholangan. Bulutsuzning jag‘ sohasidagi jarohati asosida tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Adli tibbiyot instituti tomonidan e’lon qilingan yakuniy hisobotda Bulutsuz olgan jarohatlar hayot uchun xavfli bo‘lmagani, oddiy tibbiy muolaja bilan bartaraf etib bo‘lmasligi mumkinligi, biroq suyak sinishi yoki organlar faoliyatining yo‘qolishi kabi og‘ir asoratlar yo‘qligi ta’kidlangan. Shu tariqa, sud jarayoni bir necha yil davom etgan tergov va ekspertizalardan so‘ng yakunlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zan Guven o‘zbek tomoshabinlari orasida “Muhtasham yuz yil” serialidagi Rustam posho obrazi bilan mashhur. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashhur turkiyalik aktyorlar Halit Ergench (“Muhtasham yuz yil” serialida Sulton Sulaymon rolini ijro etgan) va Riza Kojao‘g‘li (“Chuqur” serialida Alicho rolini ijro etgan) “yolg‘on guvohlik berish” jinoyatida aybli deb topilib, ularga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zan Guven Rustam posho

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar