Sulaymoniyning qasosini olish uchun 13 ssenariy tayyorlandi
Olam
−
07 yanvar 2020
11608Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds” rahbari general Qosim Sulaymoniyning qotillaridan qasos olmoqchi. Mamlakat oliy milliy xavfsizlik kengashi Sulaymoniyning intiqomini olishning 13 ssenariysini taqdim etdi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi kotibi Ali Shamxoniy ma’lum qildi.
“Hozirgi kunga qadar Xavfsizlik Kengashi qasos olish uchun 13 ta usulni taqdim etdi”, deydi u.
Shamxoniyning qayd etishicha, “13 usuldan eng oddiysi ham AQSH uchun tarixiy dahshatga aylanishi mumkin”
Uning so‘zlariga ko‘ra, “amerikaliklar Eronning javobi qarshisida ojiz qolishlarini biladilar”.
“Bordiyu AQSH kuchlari mintaqani mustaqil ravishda tark etishni istamasa, biz ularni bunga majbur qilamiz”, dedi Xavfsizlik Kengashi kotibi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘ldi.
LiveBarchasi