Sulaymoniydan qolgan “yara”lar ochilyapti. Eron Trampga ko‘z tikdi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus “Al-Quds” bo‘linmasning marhum qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniydan qolgan “yaralar”ni kavlashni boshladi. Eron Interpoldan general Sulaymoniy o‘limiga aloqador AQSHning 36 nafar siyosiy va harbiy amaldorlarini, jumladan mamlakat Prezidenti Donald Trampni hibsga olishda yordam so‘radi. Bu haqda Tehron prokurori Ali Qosi Mehr ma’lum qildi.

Qosi Mehr Sulaymoniy ishi bo‘yicha qabul qilingan choralarga to‘xtalib o‘tib, eronlik general o‘limiga aloqador bo‘lgan AQSHning 36 nafar siyosiy va harbiy amaldorlarini Interpol orqali hibsga olishga order berilganini aytdi.

Uning qayd etishicha, ro‘yxatdagilarga qotillik va terakt ayblovi qo‘yilgan. Ro‘yxat boshida AQSH Prezidenti Donald Tramp bor. Unga nisbatan ta’qib vakolat muddati tugatilganidan keyin davom ettirilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Qosim Sulaymoniy joriy yilning 3 yanvar kuni Bag‘dod aeroportida AQSH havo hujumi natijasida o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy qarama qarshilik qurolli to‘qnashuvga aylanish xavfi yuzaga kelgandi.

Xususan, Iroqdagi AQSH elchixonasi oldiga bir necha bor raketa tushgan. Bundan tashqari, Eron Iroqdagi AQSH harbiy bazalarini bombardimon qilgandi.

Avvalroq, Eronda Sulaymoniyning Bag‘doddagi yerini MRBga sotgan xoin o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

472

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing