So‘kong‘ich Babayan jarima bilan qutulib qoldi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi Namanganing “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvdan keyingi harakatlarini o‘rganib chiqdi va unga nisbatan jarima jazosini qo‘lladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tartib intizom qo‘mitasining o‘rganishlari natijasida, Samvel Babayan “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuv yakunlangach, matbuot anjumaniga kirish oldidan jizzaxlik muxlisning haqoratli so‘zlariga xuddi shunday javob so‘kinishlarini yo‘llagani aniqlandi. Shuningdek, Babayan va uning sheriklari vaziyatni tasvirga olgan OAV xodimiga nisbatan  zo‘ravonlik ishlatgani ham o‘z isbotini topdi.

Ajablanarli jihati, o‘zbek futbolining “qahramoni” qancha miqdorda jarima to‘lashi haqida Tartib-intizom qo‘mitasining bayonotida hech narsa deyilmagan.

Qayd etish kerakki, bunday munozarali vaziyat Samvel Babayan bilan birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Katta ehtimol bu oxirgisi ham bo‘lmaydi. Bir paytlar u o‘zbek futbolidan butun umrga chetlatilgan edi. Lekin nachora O‘zbekiston futbolidagi qarorlar hech qachon qat’iy va prinsiplarga asoslangani bilan tanilmagan. 

Avvalroq, O‘zbekiston professional futbol ligasi Samvel Babayanning litsenziyasini vaqtincha olib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing