So‘kinish qanchaga tushadi?

Bu qiziq

image

Jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish 1.5 mln so‘mgacha jarima tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu norma O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida keltirilgan:

“Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”.

2022-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda bazaviy hisoblash miqdori – 300 ming so‘m ekanligini hisobga olsak, mazkur qonunbuzarlikni sodir etgan shaxs 900 ming so‘mdan 1.5 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi. 

Haqqiyev Samandar


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

635

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing