So‘xliklar chegara hududidan ko‘chayotgan qirg‘izistonliklarga non tarqatyapti (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi anklav tumani So‘x aholisi tojik-qirg‘iz chegarasidagi otishmalar tufayli uylarini tashlab ketayotgan Botken viloyati (Qirg‘iziston) aholisiga non va suv tarqatyapti. Bu haqda "24.kg" sayti xabar bermoqda.

O‘zbekistonliklar tuman orqali o‘tuvchi tranzit hududidan o‘tayotgan Qirg‘iziston fuqarolarining mashinasi raqamiga qarab, ularga yordam berayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

“Bizning davlat raqamlari (qirg‘iz raqamlari – tahr.) bo‘lgan mashinalar o‘tib ketsa, O‘zbekiston fuqarolari ularni to‘xtatib, ularga suv va non berishyapti”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Botken va Laylak viloyatlarining chegaradosh qishloqlaridan 136 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilindi. Ularning aksariyati So‘x tumanidagi tranzit yo‘lagi orqali o‘tadi.

Ma’lumot uchun, ikki davlat chegarasida vaziyat 14 sentyabr kuni keskinlashdi. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari shu kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegara hududiga kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Oradan bir necha soat o‘tib, Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Kechqurun otishmalar to‘xtagan, qirg‘iz tomoni ikki nafar harbiy xizmatchi va uch nafar tinch aholi vakillari yaralangani haqida xabar bergan.

Tojikiston tomoni ham o‘z navbatida chegaradagi keskinlikda Qirg‘izistonni ayblab, qirg‘iz harbiylari avval erishilgan sulhni buzganini aytmoqda.

16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan ikki davlat rahbarlari Sadir Japarov va Imomali Rahmon uchrashuv o‘tkazib, chegara masalasida kelishib olgandi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

323

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing