So‘xdagi janjalda talafot ko‘rgan xonadonlar tiklab berildi
Jamiyat
−
23 avgust 2020
6258Joriy yilning 31 may kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi Chashma bulog‘i yonidan o‘tgan Qirg‘iziston bilan chegara hududida nizo kelib chiqqandi. Ushbu noxush voqealarda Chashma mahallasida yashovchi fuqarolar Rahmatjon To‘xtasinov va Ravshanjon To‘xtanazarovlarning xonadonlari katta talafot ko‘rgani bois, hukumat tomonidan bu xonadonlarni tiklash bo‘yicha topshiriqlar berilgandi. DXX Chegara qo‘shinlarining Telegram'dagi rasmiy kanalida xabar berildi.
Shunga ko‘ra, Rahmatjon To‘xtasinovning xonadoni kapital ta’mirlab berildi. Ravshanjon To‘xtanazarovga esa yangidan uy qurib berilgan. Qurilish-ta’mirlash ishlariga davlat byudjetidan 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Kuni kecha ushbu xonadonlarning foydalanishga topshirish tadbiri o‘tkazilib, unda mahalla faollari bilan birga DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ham ishtirok etgan. Xonadon egalari ko‘rsatilgan yordam va ehtirom uchun davlat rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan.
LiveBarchasi