So‘xda “zapravka”ga kirgan Nexia portlab ketdi (video)
3-sahifa
−
26 fevral
11291Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati So‘x tumanida metan “zapravka”ga kirgan Nexia’ning gaz balloni portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ voqeaga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Qayd etilishicha, kecha, 25 fevral kuni soat 19:10 da So‘x tumani “Ravon” MFY hududidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Nexia rusumli avtomobilning gazballoni yorilib ketgan va avtomobilga ziyon yetgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan edi. Oqibatda avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi hududida bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Ularga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
LiveBarchasi