Sug‘urta tashkilotlarining ayrim yo‘nalishdagi foyda solig‘i kamaytiriladi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2021
29472022 yilning 1 iyulidan boshlab sug‘urtaning barcha turlarini (klasslarini) elektron shaklda amalga oshirish uchun ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 oktyabrdagi “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.
Mazkur qarorda belgilanishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab majburiy sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
2022 yil 1 yanvardan 2025 yil 1 yanvarga qadar esa hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining mazkur faoliyati qismi uchun hisoblanadigan foyda solig‘i bo‘yicha belgilangan soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlari uchun baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish va tibbiy sug‘urta turlari bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar jismoniy shaxslarning jami daromadi sifatida qaralmaydi.
Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq, majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash, uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi hamda kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash kabi klassifikatori hisobiga kengaytiriladi.
2022 yilning 1 iyulidan ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi va uzoq muddatli hayot sug‘urtasi turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hisobidan shakllangan mablag‘larni investitsiya qilish uchun inflyatsiyaga bog‘langan davlat qimmatli qog‘ozlari muomalaga chiqariladi.
LiveBarchasi