Saudiyada bir kunda 81 kishi qatl etildi
Olam
−
12 mart 2022
52164Saudiya Arabistonida bugun, 12 mart kuni 81 kishi, jumladan, yetti nafar Yaman fuqarosi xavfsizlik kuchlariga hujum qilgani va terrorchilik yacheykasi tashkil etgani uchun qatl etildi. Bu haqda Podshohlik Ichki ishlar vazirligi Twitter’da ma’lum qildi.
“81 nafar shaxsga nisbatan o‘lim jazosiga hukm qilish to‘g‘risidagi qarorlar Apellyatsiya va Oliy sud tomonidan o‘z kuchida qoldirildi, hukm ijrosi to‘g‘risidagi qaror chiqarilganidan so‘ng, shanba kuni ijro etildi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Saudiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lim jazosiga hukm qilinganlar orasida yetti nafar yamanlik, shuningdek, Saudiya Arabistonining sharqiy qismida yashovchi, Al-Saud oilasi hukmronligiga qarshi bo‘lgan shia jamiyatining ko‘plab yoshlari ham bor.
“Ular xavfsizlik kuchlari xodimlariga qarshi hujumlar uyushtirganlik va amalga oshirganlik, shuningdek, xorijdan ko‘mak olib terrorchilik yacheykalarini yaratishda ayblanib, o‘limga hukm qilindi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
LiveBarchasi