Sud jurnalist Anora Sodiqovaning da’vosini rad etdi

3-sahifa

image

Bir muddat avval jurnalist Anora Sodiqova bloger Mirsaid Haydarov ustidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgan edi. Kecha, 28 may kuni Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi jurnalistning blogerga nisbatan da’vo arizasi bo‘yicha hal qiluv qarorini e’lon qildi.

Sodiqova o‘z arizasida bloger Mirsaid Haydarovning Facebookʼdagi 7 ta postida o‘z sha’ni, qadr-qimmati kamsitilgani va tuhmatga uchragani haqida ma’lum qilgan. 26 fevral kuni mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni boshlangandi. Tomonlarning biri jurnalist, ikkinchisi bloger bo‘lishiga qaramay, sud yopiq o‘tadigan bo‘ldi. Sud ishiga sudya Dilnoza Shomatova raislik qildi.

Sud jurnalist Anora Sodiqovaning Fuqarolik kodeksining 100-moddasi (Sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish) asosidagi shikoyatini qanoatlantirmaslik bo‘yicha qaror chiqardi. Shuningdek, sud qarorida Anora Sodiqova hisobidan davlat foydasiga 750 ming so‘m davlat boji undirilishi qayd etilgan.

Sudga Mirsaid Haydarovning o‘zi kelmagan, uning advokatlari qatnashdi.

Anora Sodiqova ayni vaqtda mazkur sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati berishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Anora Sodiqova Mirsaid Haydarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing