Sudyalarning oliy malaka hay’atiga rais saylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov Sudyalarning oliy malaka hay’ati raisi etib saylandi. Bu haqda bugun, 2 fevral kuni Sudyalar oliy kengashi matubot xizmati xabar berdi.

Oliy sud Plenumi qarori bilan Oliy sudning to‘qqiz nafar  sudyalaridan iborat Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkibi ham tasdiqlangan.

Sudyalarning oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan Sudyalar oliy malaka hay’atining raisi, uning o‘rinbosari va a’zolaridan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.

Sudyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun, Sudyalarning oliy malaka hay’ati raisi etib saylangan Shuhrat Tog‘aymurodovich Polvonov 1977 yil 11 dekabrda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. U 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 
Polvonov 2015–2020 yillar davomida Nurobod saylov okrugidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil noyabr oyida Shuhrat Polvonov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Polvonov Sud'yalarning oliy malaka hay'ati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar